huatong
huatong
avatar

Sher uchun (text bn)

BAXODIRhuatong
shavkatoff_00huatong
الكلمات
التسجيلات
BAXODIR TAQDIM ETADI

Allohim yaratgan seni men uchun,

Sevgimiz salgina gʻamgin hikoya.

Qayerda boʻlsa ham borliging muhim,

Dunyoda yurganing menga kifoya!

Senga yetmoq uchun balki bir qadam,

Balki yoʻq narsani qildim men havas.

Mayli, yuragingda men boʻlmasam ham,

Koʻksingda u mudom urib tursa bas!

Mening tirikligim kimga nima dard,

Men sabab emasman yigʻlasang, kulsang.

Koʻnaman, roziman, Allohimga hamd,

Sen omon yurganing shukronam bilsang!

Bir senga aylanib olgan bu olam,

Borligʻim hufyona ishqimga toʻldi.

Shu otash sevgidan yonib ketsam ham,

Senga biron zarar yetmasa boʻldi!

Ne tashvish yonimda boʻlsang, boʻlmasang,

Hayolim gullarga oʻrayveraman.

Qoʻlingdan hech narsa kelmaydi bilsang,

Men seni Tangrimdan soʻrayveraman!

المزيد من BAXODIR

عرض الجميعlogo