Shahar shovqinida,
kezaman ko'chalarni yolg'iz
O'tar kecham o'tar kunduz
lekin ular bema'nodir sensiz
Sokinlik cho'mindi,.
atrofimni ko'madi hijron
aloqalar uziladi, taqdirimiz
kechmas ekan oson
Ko'nglim senda edi, bardoshim qolmadi
Afsusdaman aytgan so'zlarimdan o'zim
Afsusdaman sendan voz kechishim lozim
Bir qushchaman sen tomonga yo'q parvozim
Afsus, afsus afsusdaman
Afsusdaman aytgan so'zlarimdan o'zim
Afsusdaman sendan voz kechishim lozim
Yomg'irlarday to'kilar ko'zimdan yoshim
Afsus afsus afsusdaman
Foydasiz va'dalar, samimiy
sevaman desang bas
Bu so'zlaring yuragimda
masofani his etmay bir nafas
Hatolardan qochib
sevgingdan izlagandim panoh
Sendan u yor mendan gunoh
o'ylanib qolarman nogoh