logo

Qalbim seni sog’inadi

logo
avatar
Manzuralogo
ДониёрБабажановlogo
الغناء في التطبيق
الكلمات
Meni tashlab yomonlarga,

Yor, beqaror, ketdingmu?

Shaydo dilni jafolarda

Xor‚ giriftor etdingmu?

Ko‘zlarimning yoshlariga,

Yor, sen takror yetdingmi?

Seni sevgan yuragimni

Zor, intizor etdingmi?

Qalbim seni sog‘inadi,

Yuragim yig‘laydi,

Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.

Qalbim sensiz og‘rinadi,

Yuragim kulmaydi,

Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,

O bilmaydi!

Dunyo bo‘lib ko‘zlarimga tor,

Zulmatda qoldimmu?

Sensiz og‘ir armonlarni,

Yor, yurakka soldimmu?

Yog‘di sevgim g‘unchasiga

Qor, dilimni tildingmu?

Sensiz qalbim yashamaydi,

Yor, holimni bildingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,

Yuragim yig‘laydi,

Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.

Qalbim sensiz og‘rinadi,

Yuragim kulmaydi,

Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,

O bilmaydi!

Qalbim seni sog’inadi لـ Manzura - الكلمات والمقاطع