Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina,
Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina.

Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana?

Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina.

Sen kabi sultoni husn Turon aro bir donadir,
Sen kabi sultoni husuuun Turon aro bir donadir,
Men kabi husningga gado Farg`onada bittagina.

Sen kabi jon ofatini yuz yil bino etsa Egam,

Men kabi yuz joni fido Farg`onada bittagina.
Men kabi yuz joni fido Farg`onada bittagina.
Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina,
Man kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina.
Farg`onada bittagina…
Farg`onada bittagina…