menu-iconlogo
huatong
huatong
লিরিক্স
রেকর্ডিং
Yodingdami yoshligimiz,

Beqaror, beboshligimiz?

Yodingdami yoshligimiz,

Beqaror, beboshligimiz?

To’ymay bu keng olamga,

Baxtiyor, shodligimiz.

To’ymay bu keng olamga,

Baxtiyor, shodligimiz.

Qo’l teksa, titrab qo’ling,

Balog’at to’sgach yo’ling,

Qo’l teksa, titrab qo’ling,

Balog’at to’sgach yo’ling,

Aylanmay so’zga tiling,

Qayrilma qoshligimiz

Aylanmay so’zga tiling,

Qayrilma qoshligimiz

Ilk bora yorni quchib,

Lablardan labbol ichib,

Ilk bora yorni quchib,

Lablardan labbol ichib,

Bu olamdan voz kechib,

Bo’salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o’tar,

Yosh ketib, pirlik yetar,

Lek ba’zan qo’msab ketar

Beqaror yoshligimiz.

Lek ba’zan qo’msab ketar

Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,

Yoz kelsa – kuzdan nishon,

Bahor bu yozdan nishon,

Yoz kelsa – kuzdan nishon,

O’g’il-qizda qaytar, ishon,

Baxtiyor yoshligimiz.

O’g’il-qizda qaytar, ishon,

Baxtiyor yoshligimiz.

Yodingdami yoshligimiz,

Beqaror, beboshligimiz?

Yodingdami yoshligimiz,

Beqaror, beboshligimiz?

To’ymay bu keng olamga,

Baxtiyor, shodligimiz.

To’ymay bu keng olamga,

Baxtiyor, shodligimiz.

Yoshligimiz… Beboshligimiz…

Sherali Jo'rayev থেকে আরও

সব দেখুনlogo