Azizim ko'k ichra hiloling bo'lib
Kelsang – yo'l kelmasang madoring bo'lib
Xayol ichra topgan haloling bo'lib
Bir yorug' o'ylardan seni tiladim
Sevgilim sog'ingan timsoling bo'lib
Tushlaringdan so'rgan savoling bo'lib
Aldasang-avrasang uvoling bo'lib
Ishonib seni bir baxtdan so'radim
Sevgilim sog'ingan timsoling bo'lib
Tushlaringdan so'rgan savoling bo'lib
Aldasang-avrasang uvoling bo'lib
Ishonib seni bir baxtdan so'radim
Azizim tilagim tillolar bo'ldi
Nigohing nigohing olovlar bo'ldi
Ishq degan boshimga balolar bo'ldi
Anbari bo'ylardan seni tiladim