menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Kimlar Bilan

Xurshid Rasulovhuatong
next_stud_ramhuatong
Liedtext
Aufnahmen
Tun yarimda soyir-i gulzor eding kimlar bilan?

Bulbul uyg'onguncha sen bedor eding kimlar bilan?

Lolaga may to'ldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Bog'da rayhon bargi birlan o'ynashar erdi sabo.

Suvdagi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?

Oshig'ing gul bog'ladi jon rishtasiga sen uchun,

Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?

Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?

Bulbul uyg'onguncha sen bedor eding kimlar bilan?

Lolaga may to'ldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Lolaga may to'ldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Garchi ushshoq ahliga yo'qdur ajal, rashk o'ldirur,

Chustiga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?

Garchi ushshoq ahliga yo'qdur ajal, rashk o'ldirur,

Chustiga ayt sevgida hamkor eding kimlar bilan.

Mehr von Xurshid Rasulov

Alle sehenlogo