menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Yoshligimga qaytgim keladi 2024

Xurshid Rasulovhuatong
⫷🎙𝐌𝐔𝐒𝐋𝐈𝐌🪕🎧ᵐᵘᵗʳᵃᵇᵒ🇯🇴huatong
Liedtext
Aufnahmen
******Baxti EUROASIA-MEDIA******

Gohi shunday paytim keladi,

Sizga bir gap aytgim keladi,

Qursin kongilning kochasi, demang,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Dadam sozin tinglagim kelar,

Bagrida bir uxlagim kelar,

Quchib-quchib yiglagim kelar,

Yoshligimga qaytgim keladi.

********EUROASIA-MEDIA********

Onam yopgan issiq nonlarni,

Eslab dost-u qadrdonlarni,

Sogindimda osha onlarni,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Olislardan chorlar bir nigoh,

Qaytolmasam mendami gunoh?

Ilk sevgimga yagona guvoh –

Yoshligimga qaytgim keladi.

********EUROASIA-MEDIA********

Umr asli besh kunlik safo,

Gohi safo, gohida jafo,

Tashlab ketgan osha bevafo

Yoshligimga qaytgim keladi.

Siz ham mendek ezilgan chogda,

Kezganmisiz xazonli bogda?

Qumsab A’zam yuragi dog'da,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Yoshligimga qaytgim keladi,

Yoshligimga qaytgim keladi,

Sog'inganda o`sha onlarni,

Yoshligimga qaytgim keladi.

******Baxti EUROASIA-MEDIA******

Mehr von Xurshid Rasulov

Alle sehenlogo