menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Achiq Hayot

Bojalarhuatong
🌟Mr🌟✓Federico✓huatong
Lyrics
Recordings
$$$$$MRFederico&&&&&

To'ylar muborak, baxtli bo'lgin albat

Sevgan yoringga munosib bo'l faqat

Menga esa sabr-u toqat tila

Axir, mening yuragim qonga to'la

Achiq hayot, dil esa benajot

Bevafolarning dastidan voy-dod!

Ketar bo'ldim, man uchar bo'ldim

Osmonlarga man ketar bo'ldim

Bir qaraganda armonsizdaymiz

Ammo yurak dodiga biz chidaymiz

Yarangizni yangilash yo'q niyat

Buni barchasi oddiy haqiqat

Kimdnidir yonida yor-dilbandi bor

Ammo, ular zarra mablag'ga zor

Kimnidir davlati, qudrati zo'r

Unga topilmas bir merosxo'r

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Mana bir misol: baxtim topdi zavol

Sevib so'ng kuyib, bo'ldimku behol

Muhabbatning qudratin anglamasdan

Boylikga uchding-ketding o'ylamasdan

O'zganing davlati senga changal

Nahotki insondan oltin afzal?

Odamlar borin pulga qaratgan

Pul insonni emas, inson pulni yaratgan, o'v!

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Nolimayman, nolish gunoh erur

Avvalo zamin uzra man borimga shukur

Balki bu sinov, unda yo'q ayov!

Inson umidi yonadi go'yoki olov

Halol nima, harom nima ajratolmasdan

Yolg'ondan uyalmasdan, insofin ayamasdan

Dunyoda odam yashar, bir-biridan talashar

Gunohim nima deb yana uyalmasdan so'rashar!

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod!

Achchiq hayot

Dil benajot

Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Armon-armon, ketidan esa darmon

Kelavermas sira, a, nega unaqa?

Oradan bir necha oy, vaqt o'tarda ketar

Bag'rimni yaralab telefon jiringlar...

"Asalim, sog'indim, ko'rishaylik" devossan

Axmoq, qaysi dard bilan bezovtalanasan!?

Endi seni ering bor, san bo'lajak ona!

Hech bo'lmasa vujudingdagi bolangni o'yla!

More From Bojalar

See alllogo
Achiq Hayot by Bojalar - Lyrics & Covers