menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Sevaman hamon minus

Doxximhuatong
𝕵𝖔𝖓𝖎𝖇𝖊𝖐_✴️🐺huatong
Lyrics
Recordings
Doxxim — Sevaman Hamon

***

Dengiz oʻrtasida qayiq kabi choʻkar sevgimiz

Qoʻyib yuborganman yurakdagi orzularni

Oʻylashimcha sevging hatto gʻazabimga teng emas

Axir juda ham sevardim sendagi qaysarliklarni.

**********

Nahot endi kelin boʻlib xovlimga sepmiysan suv

Nahot lirikamda faqat yasheysan boʻlib mavzu

Qular baxtimizni qasri toʻliq barpo etilmay

Seni tunda yostigʻing hoʻl, meni qoʻllarimda may.

***

Ichaman armonlarga chidab zoʻrgʻa jim

qarab

Yuragimda qolib ketdi bir umr bitmas yaram

Iltimosim faqat oʻzgani sevdim dema!

Yaralarni yangilab endi koʻchamga kema.

**

Eslatar har kecha suratlarning ezdi dil,

Kipriklaring jallod kabi qilganda meni qatil.

Armonlar roʻyhatini bowida seni isming,

Yuragimni oʻtga tawlab tovoning bilan ezding.

****

/NAQORAT/ 2x

Sevaman hamon unita olmay,

Telbaga aylanib qolibman qara.

Uzoqlab ketdi u men bilan qolmay,

Tushimga kirar u yangilab yaram.

*

Sogʻindim uni doʻstim yur boraylik koʻchasiga,

Uzoqdan boʻlsa ham mayli uni bir koʻrib qaytamiz.

Meni qara ahvolimni yuragim ham ancha singan,

Ichib ayriliq haqida baqirib qoʻwiq aytamiz.

**

Derazang ochib qara men uying oldidaman,

Chalajon bu orzularni birgalashib oʻldiramiz.

Sen ham yigʻlab derazangdan "BOʻLDI KETING" dema,

Hech boʻlmasa koʻchangni kel koʻzyoshlarga toʻldiramiz.

****

Hanjar misol sanchiladi kipriklaring yurakka,

Mayli taslim boʻlaman ostonangda yengilaman.

Taqdir bergan masalasi bunchalar ham murakkab,

Endi tushlarimga kirib yaralarni yangilama.

***

Nega kelsam har safar yigʻliysan menga "KETING" deb,

Mahalla-koʻyda gap soʻz seni qoʻrqitar mudom.

Yigʻlab yurakni ezasan kamiga "BAXTLI BOʻLING" deb,

Men bu baxtga rozimasman agar sen boʻlsang armon.

***

/NAQORAT/ 2x

Sevaman hamon unita olmay,

Telbaga aylanib qolibman qara.

Uzoqlab ketdi u men bilan qolmay,

Tushimga kirar u yangilab yaram.

****

More From Doxxim

See alllogo