menu-iconlogo
huatong
huatong
elmurod-haqnazarov-bolalik-cover-image

BOLALIK

Elmurod Haqnazarovhuatong
𝐁𝐫𝐞𝐝𝐥𝐢_𝐉𝐨𝐧𝐬●huatong
Lyrics
Recordings
BY BREDLI JONS!

BOLALIK

Esimda xato bilan yozardik har bir soʻzni,

Maktab payti dostlarim bilan kochada shomgacha,

Shunchaki daydib yillar otgani sezilmasdan manzil sari eltadi,

Vaqt hech kimni ayamasdan beshavqat qaritadi.

Bulutlar tarqadi mana keldi bahor,

Qushlar sayradi kimlarni topishtirb va kimlarni ayradi,

Kecha oqigan qizlarga bugun boshpana salon,

Chunki endi maktab hayr katta hayotga salom.

Unutilgan sinfdoshlar hatto gruppadoshlarim,

Va har kim oz haqida qaygʻurishlar endi boshlanar,

Va qani bolalik dostlaring bitta xabar biz tugadik,

Yangi notanishlar senga yaqinroq aka-uka dek.

Eski hayotimdan balki hayolan toyganman,

Lek Nokia da bolsa ham videoga saqlab qoyganman,

Va MS ni topshirishda tan olaman kam bolardim,

Nokia da skrenshot qilishni faqat man bilardim.

Esimda erta turish uchun internetdan ozimni tiyishim,

Korardik darsdan qochganlarni kaltak yeyishin,

Sorardik har hil baxonalar uyga javob berishin,

Oqituvchini mot qilardik ozaro kelishib.

6-soatiga deyarli da qomasdim,

Hatto och qolganimda bufetdan qarzga non omasdim,

Sinf rahbarimizni nimalardir qilib kondir,

Kim birinchi borsa sazdavat qilib qoyardi Counter.

Onda-sonda qoshni sinf bilan oynab interesno,

Sehirgarlik bolib tuyulardi bizga Clientracce

Balki hozirgidan kora biz begubor tuyulardik,

Kim sigaret cheksa sen tez olasan deb kulardik.

Hech qanaqa telegram biz anketa toldirardik,

Vaqti kelsa oqituvchini ham kuldirib oldirardik,

Yaxshiroq edi skameyka bizga begona divan,

Anketachi qizni topsam anketalarni soreman.

Esimda kundalikni hamma yashirgan osha paytlar,

Bitta mard topilmaguncha bir birimizni ayblab,

Bori Java oyin, Sefan.ru yo kachka degan saytlar,

Esimda Ummonni bollar yoqtirmagan osha paytlar.

Begʻubor sutkalarda qor oynab kurtkalarda,

Yurardik eski havorang sovet mashrutkalarda,

Zebra ruchkalardan, zvanok qutqarardi,

Esimda endi ochilgan edi Paynet butkalarda.

Sevgi izhor qilishlar unutilmas ayb boʻgandi,

Koʻz oldimizda osgan nechta qizlar hayf bogandi,

Statuslar qoyish uchun Ok.ru degan sayt bolardi,

Toki aql kirganida hamma yurak mayb bogandi.

Qorsiz oʻtgan yangi yilni yangi yil deb tan omasdim,

Yugurib oʻtardik svitaforlar sekund sanamasdi,

Qad koʻtargan daraxtlarni negadir tekkizlagandi,

Bizga yomon xabar edi sani oying izlagandi.

Neligini his qilgandim GTA da zoRlikni,

KoRinishi esimda sariq 50 somlikni,

Balki hozr gapiramiz yoshlarga qarigandek,

Jaloliddin Manguberdini tangadan tanigandik.

Yoqolib ketdi Akon qoshiqlar bemazadir,

Agar taqqoslasam hatto gazvadalar bemazadir,

Taronani faqat Oriyat Dono dan tinglagandik,

Rap nimaligini biz chorni bumer dan bilgandik.

Har bir uyda 1 ta DVD va 1 ta jinipi,

Wi-fi paydo bolganda oʻqigan edik vi-fi,

Bluetoothdan narsa tashab zagruzka sekin tolardi,

Har bir domda kongli ochiq rus babulyalar bolardi.

Korilardi seriallar qoni qoshninikida,

Qish sonatasiga yaqin ayollar panikada,

Balki hozirgi yoshlar bilishganida edi hich yo,

Yoq faqatki biz bilamiz kimligini Milisiyo.

Telfonda ilon oyin yutolmas edik hecham,

Bizni super qahramonimiz kongli ochiq Jeki Chan,

UzOtayoʻl avtobuslar juda ham kam bolardi,

Hamma ham futbolda Ronaldinyo desa tan olardi.

Koʻchalarda artizandan suv oqardi ichishardik,

Beeline operatori bilan doim oynashardik,

Bizga tuyilarmidi yoki rostdan toq yashardik,

Uyda yolgiz boshlansa har ishimizni tashardik.

Chiroq ochganida sham bilan oynashib oʻtirgandik,

Aqua yo Spring suvini avtoritet deb bilgandik,

Avtoritet telefon 6300 bolgan,

Bizda eng zor Stand up faqat Hojiboy bogan.

Bu kunlarim ham otib ketadi huddi oq-qora kino,

Unutilamiz goyo unutilganidek Damino,

Ahir hayotda hech nima qilishga hali ulgirmading,

Topganing 1 ta doʻst va shu ham xbet1.

Kuzatgin fasllar almashishin tomosha qigin,

Va bir ozim emasman bilib turib xatolar qilgan,

Va balki paytlar ham keladi uygonib erta azon,

Qariganda tengdoshini izlaganidek sarson.

Biz osha avlod bolalikdan srazi qarigan,

Va yillar otib dostini ham zorga eslab tanigan,

Va bizni eng sevimli oyinimiz berkinmachoq bolgan,

Bizni bolalik valyutamiz bu nakleyka bogan.

Love is toplagan edik 100 raqamini oxtarib,

Va boshqa dvorlarga borgan edik raqib oxtarib,

Lekin hozr hamma internetga devona bogan,

MegaBayt degan soz hatto bizga begona bogan!

Begʻubor sutkalarda qor oynab kurtkalarda,

Yurardik eski havorang sovet mashrutkalarda,

Zebra ruchkalardan, zvanok qutqarardi,

Esimda endi ochilgan edi Paynet butkalarda.

Sevgi izhor qilishlar unutilmas ayb bogandi,

Koʻz oldimizda osgan nechta qizlar hayf bogandi,

Statuslar qoyish uchun Ok.ru degan sayt bolardi,

Toki aql kirganida hamma yurak mayb bogandi.

BY BREDLI JONS!

More From Elmurod Haqnazarov

See alllogo