menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Alvido

Nargishuatong
prattsbrat33huatong
Lyrics
Recordings
Jonginam, ketaman, alvido!

Yurakdan to‘kilar bir sado.

Bizlardan qolgani shu nido

Alvido, alvido, alvido!

Nahotki sarobdir ahdimiz,

Sevgimiz, orzumiz, ba timiz...

Shunchalar ham omonat ta timiz?

Alvido, alvido, alvido!

Ko‘zlarimni yumaman

seni ko‘rmoqlik uchun!

Bamisoli shabnam nurga to‘ymoqlik uchun.

Meni kechir, jonginam,

sensiz yashay bilmadim!

Men dunyoga kelganman

seni sevmoqlik uchun!

Shamollar to‘zg‘iydi isyonkor,

Samolar yig‘laydi, dil – oshkor,

Bu dunyo, azizim, riyokor,

Alvido, alvido, alvido!

Umrimiz azondir g‘urbatda,

Ruhimiz uchrashar albatta,

Visolga yeturmiz jannatda,

Alvido, alvido, alvido!

Ko‘zlarimni yumaman

seni ko‘rmoqlik uchun!

Bamisoli shabnam nurga to‘ymoqlik uchun!

Meni kechir, jonginam,

sensiz yashay bilmadim!

Men dunyoga kelganman

seni sevmoqlik uchun

Ko‘zlarimni yumaman

seni ko‘rmoqlik uchun!

Bamisoli shabnam nurga to‘ymoqlik uchun!

Meni kechir, jonginam,

sensiz yashay bilmadim!

Men dunyoga kelganman

seni sevmoqlik uchun...

More From Nargis

See alllogo