Lyrics by: Shaxriyor
Sevgi nima
Sevgi nima
Azob hijronmi
Yoki dilni mast etuvchi may
Sevgi nima
Bu imtihonmi
Yoki tong payt yig'latuvchi nay
Sevgi nima
Ahdu vafomi
Dilga cho'kkan xohish xatomi
Sevgi nima
O'tli nafasmi
Yoki shunchaki orzu havasmi
Sevgi nima
Go'zal ijodmi
Sevishganlar umrbod shodmi
Sevgi nima
Ilohiy kuchmi
Yoki faqat itoat burchmi
Sevgi nima
Bir shirin tushmi
Yoki sevib so'ng unutishmi
Sevgi nima
Sevgi nima
Sevgi nima
Sevgi nima Ayt
Ayt
Ayt ayt kimga keragi bor yaralangan dil dil
Nega boshqasin sevaman demaydi til til
Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan
Sog'indim yulduzim osmon esa baland
Alam alam qizig'i yo'q olam yo'q olam
Atrof to'la odam jargacha bir qadam bir qadam
Hech kim bermas yordam dunyo qorong'u ham ham
Maylimi so'rasam yeah
Maylimi so'rasam so'rasam
Imlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring
Kimning yuzini ayt silaydi qo'llaring
Kimning mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz keraksiz
Nega menga og'ir nega og'ir sensiz sensiz
Yuragim tubida hukm suradi dard dard
Ichimdan sezaman sendan kechmog'im shart shart
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim
Lek baribir
Sevgi nima
Bu azob yoki malham
Bu savolga javob yo'q hatto menda ham
Kuyga solaman dildan chiqgan so'zlarimni
Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni
Sevgi nima o'zi
Nega unga intilamiz
Mushkul erishamiz so'ngra oson yo'qotamiz
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat
Unda meni hech kim qutqarolmaydi to abad