menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

sevgi nima

Shaxriyorhuatong
62182686789huatong
Lyrics
Recordings
DiLZoDa_uchun Maxsus

Perfect ___ NASA!

Sevgi nima? Azob, hijronmi,

Yoki dilni mast etuvchi may?

Sevgi nima? Bu imtihonmi,

Yoki tong payt yiglatuvchi nay?

Sevgi nima? Ahdu vafomi,

Dilga chokkan xohish, xatomi?

Sevgi nima? Otli nafasmi,

Yoki shunchaki orzu havasmi?

Sevgi nima? Gozal ijodmi,

Sevishganlar umrbod shodmi?

Sevgi nima? Ilohiy kuchmi,

Yoki faqat itoat, burchmi?

Sevgi nima? Bir shirin tushmi,

Yoki sevib song unutishmi?

Sevgi nima? (Sevgi nima?)

Sevgi nima? (Sevgi nima?) Ayt!

Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil?

Nega boshqasin sevaman, demaydi til?

Qoldim bir ozim, dilda ogrigim bilan,

Sogindim yulduzim, osmon esa baland.

Alam, alam, qizigi yoq olam,

Atrof tola odam, jargacha bir qadam.

Hech kim bermas yordam, dunyo qorongu ham,

Maylimi sorasam…

Maylimi sorasam, kimlarga begubor boqadi kozlaring?

Kimning yuzini, ayt, silaydi qollaring?

Kimning mehridan song men boldim keraksiz?

Nega menga ogir, nega ogir sensiz?

Yuragim tubida, hukm suradi dard,

Ichimdan sezaman, sendan kechmogim shart.

Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim,

Lek baribir…

Sevgi nima? Bu azob yoki malham?

Bu savolga javob yoq, hatto menda ham.

Kuyga solaman, dildan chiqgan sozlarimni,

Visoling hali ham tark etmaydi oylarimni.

Sevgi nima ozi? Nega unga intilamiz,

Mushkul erishamiz, songra oson yoqotamiz?

Bu dunyoni qutqaruvchi his bolsa muhabbat,

Unda meni hech kim qutqarolmaydi to abad.

DiLZoDa uchun maxsus (^-^) NASA

More From Shaxriyor

See alllogo