menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Kelibdi (minus)

Ziyoda Qobilovahuatong
reneekeyhuatong
Lyrics
Recordings
Yor uyiga kelin poshsho

Ibo bilan kelibdi,

Kuyov to‘ra yuragida

Shifo bilan kelibdi.

Asta-asta qadam bosar,

Qutlug‘ bo‘lsin qadamlar

Asta-asta qadam bosar

Qutlug' bo’lsin qadamlar

Hayo bilan, xirom aylab,

Humo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,

Kelibdi-yo, kelibdi, sarpo bilan kelibdi

To‘y oqshomi xonadonga

Nur taralib bir zumda,

To'y oqshomi xonadonga

Nur taralib bir zumda

Go‘yo tunda quyosh chiqib,

Ziyo bilan kelibdi.

Nazokati, chiroyi

Yoshligiga nur qo‘shib,

Andisha-yu odob degan

Sarpo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,

Kelibdi-yo, kelibdi, sarpo bilan kelibdi

Uzukka ko‘z qo’ygan misol

Kuyov bola yonida,

Go’yo kuyov Tohir bo‘lib,

Zuhro bilan kelibdi.

Sevgi baxtin ko‘z-ko‘z etar,

Ko’z tegmasin baxtiga,

Sevgi baxtin ko’z-ko’z etar

Ko’z tegmasin baxtiga

Boshiga baxt qushi qo‘nib,

Humo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,

Kelibdi-yo, kelibdi,sarpo bilan kelibdi

Bu dargohdan ketmas bo’lib

Kelgan bo‘lsin, e Mo‘min,

Bu dargohdan ketmas bo’lib

Kelgan bo’lsin,e Mo'min

Yuragida ahd-u paymon,

Vafo bilan kelibdi.

Nazokati, chiroyi

Yoshligiga nur qo‘shib,

Andisha-yu odob degan

Sarpo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,

Kelibdi-yo, kelibdi,sarpo bilan kelibdi.

Kelibti,kelibti humo bilan kelibdi

Kelibdi-yo kelibdi, sarpo bilan kelibdi.

More From Ziyoda Qobilova

See alllogo