Armonlarim ham orzularim ham jonim sen,
Hijronlarim ham qayg'ularim ham jonim sen.
Ko'z yoshlarim ham kulgularim ham jonim sen,
Yuragimdagi tuyg'ularim ham jonim sen.
Qoldirma meni tanho,
Sensiz menga tor bu dunyo
Meni etma xato!
Armonlarim ham orzularim ham jonim sen,
Hijronlarim ham qayg'ularim ham jonim sen
Ko'z yoshlarim ham...
Ko'zim tinmay seni izlar,
Daydi shamol sendan so'zlar.
Agar sendan ayirsalar,
Yashashimdan hech yo'q ma'no.
Gunohim ham, savobim ham,
Savolim ham, javobim ham
Yolg'iz o'zingsan jonginam
Bu dunyo sen va men go'yo.
Qoldirma meni tanho,
Sensiz menga tor bu dunyo
Meni etma xato!
Armonlarim ham orzularim ham jonim sen,
Hijronlarim ham qayg'ularim ham jonim sen
Ko'z yoshlarim ham...
Sen bo'lsang men ham yashayman,
O'shal shamolga o'xshayman.
Chang bo'lib sochingga qo'nsam
Ming bor shukrona aytgayman.
Gunohim ham, savobim ham,
Savolim ham, javobim ham
Yolg'iz o'zingsan jonginam
Bu dunyo sen va men go'yo.
Qoldirma meni tanho,
Sensiz menga tor bu dunyo
Meni etma xato!
Armonlarim ham orzularim ham jonim sen,
Hijronlarim ham qayg'ularim ham jonim sen
Ko'z yoshlarim ham...