menu-iconlogo
huatong
huatong
minor-inomshox-uchun-maxsus---vijdon-cover-image

Inomshox uchun maxsus - Vijdon

Minorhuatong
✰𝐀𝐳𝐢𝐳𝐛𝐞𝐤✰🅿️⭕𝐙𝐢𝐓𝐢𝐕✰huatong
Letras
Grabaciones
M1nor

Vijdon - Inomshox uchun maxsus

Salom anchadan beri gaplashganimiz yo'q

Atrofga birga nazar tashaganimiz yo'q

Biz aybdor emasmiz degan sabablar prizmasi

Xamma bilganini qilsin, asosiysi kamimiz yo'q

Xar kuni ishlasakda odamlardek damimiz yo'q

Isroil Falastinam xal bo'lib qolar, g'amimiz yo'q

Tilanchiga ulashgani ham ortiqcha donimiz yo'q

Lekin jaxlimiz chiqadi deyishsa vijdonimiz yo'q

Nima ! San mandek insonni haqorat qildingmi

Yoki befarqligimga vijdoni yo'q deb o'yladingmi

Ayt - bu xayot tarbiyasidan qayerga qochib

Bora olasan yurgan qadamingdan sharpadan cho'chib

Esimda bir yaqinim ko'rsatgandi qabristonni

Ertami kechmi baribir shu bo'lar joyi vijdonni

Maksimum sanga yaqin inson go'rkov bor

Maksimum sandan xabar osa kerak yomg'ir, qor

Nega bu zurriyoding kelishdan umid qilmaysan

Chunki o'zing ham ajdodlaring oldiga bormisan

O'zingga o'xshab muzlagan, farzangdingni qalbiyam

Nailoj o'ylashga kech, o'zing bergan tarbiya

Xammasi o'tkinchi dunyo bu deyishadi asta

Qilmishiga qarab devorasan bunaqa masda

Yevorishgan vijdonin endi esa bir-birin

Demak xulosa bitta vijdonni tami shirin

Pushti garizont, quyosh botar zamon

Okean suvlari bulut bo'lib suzar hamon

Vijdon hammada bo'lsin degan Xudoni amri yo'q

Tosh davri, temir davri no vijdonni davri yo'q

Biz o'zimizga xon, biz o'zimizga bek

Go'yoki adashib qolgan uchar taralkadek

Xatto sayyoramiz koinotda suzar telbadek

Shunchaki so'nggi manzilga xali yetib kelmadik

Shoshamiz ishga yoki ishdan uyimizga qarab

Mashina oynasidan yom'ir tomchisin sanab

Sog'inib ketdim bugun bolaligimni yomon

Xattoki ishonchli bo'gandi bizga qorbobo

Tik tak, tik tak, tik soniyalar o'tar

Borgan sari vaqt yuragingni muzlatar

Eslab ko'r ilgari qanaqa beg'ubor eding

Onang uyg'onib ketsa yonida bor eding

Qorong'udon qo'rqib, qo'rqib katta bo'lding arang

Endi shu qorong'ulik san uchun bu rang barang

Eslab qol, quyosh yorug', chirog' unga teng emas

Biznesmen bo'laman deb vijdonni sotmasang bas

Kuchi borlar birni yiqitadi

Aqli borlar mingni yiqitadi

Puli bor hammani yiqitadi

Vijdoni borni xamma yiqitadi

Yomonni yengib o't, zamonni tenggi bo'l

Vijdoni yo'qni oxir oqibatni tengi no'l

Unutilmas qilmishlar, unutilmas yomonlik

Aldov, xasat, vijdon - kim qaysi tomonlik

Aynigan xavo bo'lsa pulning dardiga davo

Etaman davom nega baxt haqida emas navo

Yetolmay hamon, so'zlarimni so'ngi bardavom

O'ylanaman nega rostdan baxt haqida emas navo

Ey kechagi bulutlar yaqinroq uchadi

Yulduzlar ko'rinardi ba'zi ba'zida uchadi

Nega bu xayot shoshadi go'yoki estofeta

Bunga tushunmoqchi bo'gan Enshteyn "без ответа"

Koinot kutardi go'yo Galileo Galiley

Vijdonni ham tunov bormi, dunyo bo'sa paralel

Paradikma, O'li Gami, shirin bo'lsa karamel

Gapimga etibor berma dunyoyimiz paralel

Más De Minor

Ver todologo