Jasur_tmv 
(U) Ko'nglimni ko'tarib 
Olganda topilmas kimsa 
Qaniydi sevganim 
Unga o'rganib qolganimni bilsa 
Ayamay bag'rimni tilsa 
Nima qilay umid bersa 
Ortidan boraman olib qolish uchun 
Agarda ergashib kelsa 
(M) O'zinga o'rgatib 
Olib ketolmayapsan a 
Kuchingni ko'rsatib 
Moshinanga solib ketolmayapsan a 
Bir bora qo'ng'iroq qilib 
Kechir deya aytaolmayapsan a 
Qara kecholmayapsan a 
Men ham unutolmayapman a 
(U) O'zgacha edi birga qilgan o'sha orzular 
Seni sog'inib hayolda qilib parvoz tunlar 
Yashashim uchun bermading bir bor imkon 
Tikon tikon tikon tiling hamon tikon 
(M) O'zgardim dema qulay fursatni poylarding 
O'zinga meni kundan kunga boylarding 
Oldingdan oqqan suvni qadrini bilmasding 
Man qurg'urni ham hatto nazarga ilmasding 
(U) Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'mayin 
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib 
(M) Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib 
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib 
(U) Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'mayin 
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib 
(M) Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib 
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib 
(U) Ishq ko'chasi menga begona bo'ldi 
Xiyonat qildim balki u mendan to'ydi 
Peshonamga yozilgani shu bo'ldi 
Kechir imkoni bo'lsa paymonam to'ldi 
(M) To'rt devor guvoh oqqan har ko'z yoshimga 
Ne azoblar kelmadi bu yosh boshimga 
Sherik bo'lmasin begona mani oshimga 
Qoil qolaman bazida bardoshimga 
(U) Kel yashaylik hamma dardimga malxam bo'l 
Yoninga boraman jonim o'zinga maxkam bo'l 
O'tmishga qolsin xatolarga ko'z yumaylik 
Jonim endi bir xatoni deb ajrashmaylik 
(M) Hey otam bilmadi onam bilmadi bu dardimni 
Kunda ketding o'zgaga bajarmay shartlarimni 
Nega qo'yningda tunda o'zgasi tovlanardi 
Hamma ayblaring jonim bu qalbga jim joylanardi 
(U) Yana bitta oila buzilmasin desang 
Qarshimizda sudya 
Qani o'zing yetkazsang 
Barchasi abadiy vaqtga to'larmidi 
Bizni havas qilgan nechasi ko'rarmidi 
Lekin u ko'zlaringda qattiylik ko'rayapman 
Shuncha yil sevmaganmi 
Ichimda o'layapman 
Ahir bu orada o'ylagin bola bor 
Yana o'ylab ko'rgin so'ngi bir chora bor 
(M) O'zizni bosing olti oy imkon berdi 
Shu vaqtgacha ishoning ikkita qilmayman erni 
Hayotizga kirib chiqqan ayollar bilan yashab 
Mehrimni topib ko'ring mani yolg'iz tashab 
Ayriliqda ayoliz qadrini bilvolarsiz 
Shu bahona yaxshi yo'lga amallab kirvolarsiz 
Ayollarni makri biling 40 tuyaga og'ir 
Kechirdim zuhro bo'lay siz bo'ling menga Tohir 