BEHRUZ
Kelmasam bo‘lmasmidi shu yerlarga
Ko‘ngil bermasam bo‘lmasmidi shu qizlarga
Kirmayman odamlarni hech qanday so‘zlariga
O‘zimniki qilaman baribir sani go‘zalim
Shu yerlarda go‘zal xotiralar qolib ketmasidan
Bu yuraging boshqasini ilojsiz sevmasidan
Otang va'da qilib qo‘yganiga bermasidan
Kelgin gulim bugun oy to‘lgan kecha
Qo‘llarimdan tut, bu yerlardan ketaylik
Bu shaharda bizni baribir hech qachon tushunmaydilar
Shu yerlardan ketib baxtimizga yetaylik
Ular baribir bu sevgini hech qachon his qilmaydilar
Ota-onangni rozi qilib baxtsiz bo‘lgandan
Yur ketaylik, bizni ham tushunarlar bir kun
Sevmagan insoningni bir umr sevgandan
Yur ketaylik, bizdan rozi bo‘larlar bir kun
Yurakdagi dardlar bilan yashab yurolmayman
Shuni tushundim, sansiz man baxtli bo‘lolmayman
Ne qilarsa qilsinlar faqat manga
Lekin sani olmasdan bu shahardan ketolmayman

BY BEHRUZ