Senga bo‘lgan xumorim aldab
Suratingga qarab ovundim
Bilsang yurak qilmoqda talab
Bugun seni juda sog‘indim
Hasratimga dengizlar guvoh
Osmondagi yulduzlar guvoh
Sog‘inishim bo‘lsa-da gunoh
Bugun seni juda sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
----------------------
Ko‘rsam edi gul yuzlaringni
Ma'yus kulgan ul ko‘zlaringni
Menga aytgan har so‘zlaringni
Bugun seni juda sog‘indim
Sochlaringni uchirar shamol
Kelarmi deb surarman hayol
So‘zim tingla ey sohibjamol
Bugun seni juda sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
----------------------
Arazingni hech qo‘ymasang ham
Asabimga ko‘p o‘ynasang ham
Qonib ichib hech to‘ymasang ham
Bugun seni juda sog‘indim
O‘jarliging, erkaligingni
Jinnilarcha telbaligingni
Xatto o‘sha qaysarligingni
Bugun seni juda sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog‘indim
Sog‘indim visolingni
Sog‘indim jamolingni
Sog‘indim hayolingni
Hayolingni sog'indim