Xizirbek (Pozitiv)
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda,
Ilmoq emas, dil ilingan qarmoqlaringda. (x2)
Jon rishtasi gajjak-gajjak tarmoqlaringda,
Yo hayhotki zulfiyodek oroqlaringda,
Yo oroqning shaklidagi soroqlaringda-yey.
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.
Sani sevdim ham aqlim-u jonimdan kechib,
Umid boglab visolingga, orzuim sochib. (x2)
Ishq otashi dil darchamda raxini ochib,
Ilk muhabbat olam aro nurini sochib,
Sevgi shami yondi oshal qaroqlaringda-yey.
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.
San yondirgan sham emasdur – iliklarimdur,
Sollanyotgan jon tomirim piliklarimdur. (x2)
Tirnoqlarim sohil payvast kopriklarimdur,
Ayvoningda ustun bolgan kipriklarimdur,
Nigohlarim naqshi boldi ravoqlaringda-yey.
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.
Rishta bolsin jonim uzra kokiling, gul yuz,
Savsan kabi sollon yana, ey kozi qunduz.
Kozlarimning mardumida nigohing kunduz,
Xushnud derki, sani sevib to hali-hanuz:
Tole topay mayli oshal qiynoqlaringda-yey.
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.
Soroqlaringda-yey, soroqlaringda.
Xizirbek (Pozitiv)