(U) Yetadi bir kun hammasi o'tib ketadi
Qilingan orzular unutilib ketadi
Ayt sani bu hayot sinovga tashlaganmidi
Man sani yolg'onlarga Ko'mib tashlaganmidim
Boshladik hayotimiz oromini topamiz
Yoki hozir hammasini o'z holicha yopamiz
Yana mani hayolingda O'ylaganing o'ylagan
Axir o'zing bo'lasan O'tgan ishni kovlagan
(M) Ishonmasez kelib ko'ring Holatim qiziq bo'lsa
G'ururizni pesh qilganda Mard bo'lib bering bo'sa
Peshonamdan ko'rarman Manga hayotim qiziq
Hammasini yengaman Oraga tushsa ham chiziq
Jonim ayting nega bir Lahzani ravo ko'rmadiz
Ko'nglim olib kelmadiz, Gullar olib kelmadiz
Sog'inardim azizim Tunda bo'ling hamroxim
Sizdan o'zga yo'q ekan Faqat o'ziz panohim
(U) Ayt jonim hayolingdan kimni o'chiray
Kel yana yuragimni senga ko'chiray
Lablaringa egalik qilarman o'zim
Jonimga tegma seni olishga yetar ko'zim
(M) O'zimni jonim ey shartlarizga roziman
Rashk qilaman aybim shu Man dunyoda ozimman
Ha roziman g'ururiz Manga qarshi chiqsa ham
Betob bo'lsam yashirarman Hatto og'riqdayam
(U) Yo'lim to'sib turma yo'limda Yana yoshlamagin ko'zlaring
Bari ishon meni qo'limda Yana boshlamagin so'zlaring
G'ururimga bas kelolmayman Xafa qilib qo'yaman seni
Oramizda buyuk sevgi bor Buni bilib sevaman seni
(M) Kerak bo'lmasam orani och
Ketarsan tugar senga ishonch
Qaytib kelmagin ketar bo'lsang
Ketarsan qolmas menda quvonch
Bo'ldi arazlama sevgilim
Qalbim to'ldirib o'zimga kel
Sen bo'lmasang bu juda yomon
Meni sevib kel o'zimga kel
(U) Ayt jonim hayolingdan kimni o'chiray
Kel yana yuragimni senga ko'chiray
Lablaringa egalik qilarman o'zim
Jonimga tegma seni olishga yetar ko'zim
(M) O'zimni jonim ey shartlarizga roziman
Rashk qilaman aybim shu Man dunyoda oziman
Ha roziman g'ururiz Manga qarshi chiqsa ham
Betob bo'lsam yashirarman Hatto og'riqdayam