_Boburjon_
Oqmayabsan soy bo'lib
Botmoqdasan oy bo'lib
Hasrat to'la yuragingdan
Menga ham ber joy bo'lib
Yig'lasang yig'lab yasha
Mayli yurak kulmasin
Sen yonimda boʻlsang bas
Qo'rqqanlarim bo'lmasin
Ulgurmadimmi senga deymanda
Yetolmadimmi senga deymanda
Yurakkinam yana yana yana
So'rab olsa yana yana
Jimgina ichimni yeymanda
(Mayli)
Mayli
G'amlaringni ayt menga
Mayli
Dardlaringni ber menga
Mayli
Hasta bo'lma yulduzim
Dardlaring olay o'zim
Layli Layli
Mayli
G'amlaringni ayt menga
Mayli
Dardlaringni ber menga
Mayli
Hasta bo'lma yulduzim
Dardlaring olay o'zim
Layli Layli
_Boburjon_
Bardoshlaring bittimi
Azoblarga yettimi
Kulmayabsan kulgularing
Dard alamlar yuttimi
Ayt ne qilay sen uchun
Yana kulishing uchun
Yo'qsa yurak kechirmaydi
Ulgurmaganim uchun
Ulgurmadimmi senga deymanda
Yetolmadimmi senga deymanda
Yurakkinam yana yana yana
So'rab olsa yana yana
Jimgina ichimni yeymanda
(Mayli)
Mayli
G'amlaringni ayt menga
Mayli
Dardlaringni ber menga
Mayli
Hasta bo'lma yulduzim
Dardlaring olay o'zim
Layli Layli
Mayli
G'amlaringni ayt menga
Mayli
Dardlaringni ber menga
Mayli
Hasta bo'lma yulduzim
Dardlaring olay o'zim
Layli Layli
Ulgurmadimmi senga deymanda
Yetolmadimmi senga deymanda
Yurakkinam yana yana yana
So'rab olsa yana yana
Jimgina ichimni yeymanda
_Boburjon_