__Boburjon__
(U) Balki olarsan senga yozgan xatlarim
Mayli judoman shu ekanda qismatim
Dildan o'chirsam sendan qolgan dardlarim
Og'riq judolik shu ekanda qismatim
(M) Yodimda barcha menga yozgan xatlaring
Jonim fidoman ola kelsang dardlaring
So'ngi judolik yuragim jazoladi
Telba oshiqman yuraman davolanib
(U) Qochmagin, boshqasiga borib diling ochmagin
Man hohlagan mavzularni boshlagin
Xato qilib qo'yma jonim shoshmagin
(M) Rost mana, ro'yo bo'lib ko'rinmaysan
Boshpanam, meni kimga keragim bor
Rostdanam, ayt kimlarga keragim bor
Rostdanam..
(U) Jazolading beayov
Ketar bo'ldim yolg'izman yayov
Nega qayrilar yo'llarimiz
Balki sevgim bo'lgandir ayyor
(M) To'lmasdan qoladi dil
Bilsang bu dardim og'ir
Bunga sababini bil
Tashlab ketding bugun
Yog'adi yomg'ir
(U) Ikki qalblar jimmiz ruhimiz kezar sekin
Etma judo uni sevdim yolg'izim lekin
Balki bu tunda yuragim bo'lar erkin
Sodir judolik bu qismatimdan yengil
(M) Ko'rmasga olma qilib adolar mani
Chin sevgi bo'lsa unda adolat qani
Oshiqlar bemor tunlari daydilar
O'zimda qoldim bilmaydi ba'zilar
(U) Qochmagin, boshqasiga borib diling ochmagin
Man hohlagan mavzularni boshlagin
Xato qilib qo'yma jonim shoshmagin
(M) Rost mana, ro'yo bo'lib ko'rinmaysan
Boshpanam, meni kimga keragim bor
Rostdanam, ayt kimlarga keragim bor
Rostdanam...
__Boburjon__