menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Malikam

Xurshid Rasulovhuatong
Uzbeknavohuatong
歌詞
収録
Yoqarmikin sizga baytim, malikam,

O’zim gado bo’lgan paytim, malikam?

Yoqarmikin sizga baytim, malikam,

O’zim gado bo’lgan paytim, malikam?

Sevmayman sizni, deb ayting, malikam,

Mening oromimni qayting, malikam.

Sevmayman sizni, deb ayting, malikam,

Mening oromimni qayting, malikam.

Qachon yo’lim tushdi saroyingizga,

Qachon ko’zim tushdi chiroyingizga?

Qachon yo’lim tushdi saroyingizga,

Qachon ko’zim tushdi chiroyingizga?

Mudom ko’z tegmasin, iloyim, sizga,

Mening oromimni qayting, malikam.

Mudom ko’z tegmasin, begoyim, sizga,

Mening oromimni qayting malikam.

Kimga bosh egibdi osmondagi oy?

Bosh egsa, bor edi yuragimda joy.

Kimga bosh egibdi osmondagi oy?

Bosh egsa, bor edi yuragimda joy.

Sizku bexabarsiz mendan hoynahoy,

Mening oromimni qayting, malikam

Sizku bexabarsiz mendan hoynahoy,

Mening oromimni qayting, malikam

Sevgi farq etmagay shoh-u gadoni,

Men ham bir bandasi qodir Xudoning.

Sevgi farq etmagay shoh-u gadoni,

Men ham bir bandasi qodir Xudoning.

Avf eting bir ko’ngil qilgan xatoni,

Mening oromimni qayting, malikam

Avf eting bir ko’ngil qilgan xatoni,

Mening oromimni qayting, malikam

Sevmayman sizni, deb ayting, malikam,

Mening oromimni qayting, malikam.

Xurshid Rasulovの他の作品

総て見るlogo