Odamlar nima deydi
O'zingni bosvol
Hammaga o'xsha Yig'ishtir
Qanaqa музыка qanaqa san'at
Muhimroq hammadan o'qishing
Odamlar nima deydi
Katta bo'pqoldingku Qachonga to'y endi
Qanaqa ish Karyerangni qo'y endi
Shu yoshdayam endi
Qanaqa o'yin bu e
Yig'ishtir tepishni koptok
Qanaqa futbolist Ishingni top давай
Qanaqa boks qanaqa kurash
Shunchasi chempion bo'p qoptimi
Odamlar nima deydi
Bu yil ham bolasi o'qishdan qoptimi
Senga shuncha umrimni yo'qotib
Natijasiga men shuni topdimmi
Odamlar nima deydi
Indama gapirma ko'tarma boshni
Qattan bo'sayam topish kere to'yga
Nima deydi qo'ni qo'shni zo'r qil oshni
Odamlar nima deydi
Tengdoshmi kelin qimiman sinfdoshni
Odamlar nima deydi
Qilma ko'z yoshlar
Qizim joyingda qolgin toshday
Indama gapirma urushsa ichsa
O'tib ketadi hali sevadi vaqt o'tadi
Farzand bo'gandan keyin o'zgaradi
Qaytib kema qizim Gap so'zlar keremas
Nima deysan endi hayot shundayda
Joninga qasd nima qilganing bu
Odamlar nima deydi
Odamlar nima desa desin yashaylik
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin tashaylik
Qo'rqishni o'ylashni yashashni boshlaylik
Odamlar nima desa desin yashaylik
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin tashaylik
Qo'rqishni o'ylashni yashashni boshlaylik
Odamlar nima deganidi
Yaqinlar xuddi begonadek
Ishing bu o'yin jiddiy emassan
Qo'llab quvvatlagan kam edi
Odamlar nima deganidi
Axir ular biladigan edi
Sen o'zingni yo'lingni izlab qiynalasan
Battar qiladi yanada ouu
Lekin menga farqi yo'q
Biz tomonda ham chiqar quyosh
Ko'rsatmasdan ko'zlarda yosh
Yiqilsang tepadiganlar tayyor
Har kuni top motivatsiya tur
Yomg'ir ostida taksi tut
Metro institut stipendiya kut
Hammasi bo'ladi good
Yurakda bo'lsa orzu-u
Barcha gap so'zlar ortda qolar
Unga yetganda bir zuum
O'zgaradi mavzu erishganda
O'shanda odamlar nima degandi
Endi muhimmas uuu
Endi muhimmas uuu
Odamlar nima deydi
Hayotingni ulardan uzoqda qur
Odamlar nima deydi
Ko'p o'ylasang demak bo'ladi haq u
Odamlar nima deydi
Deb o'ylasang yashamaganing ma'qul
Odamlar har doim nimadur deydi
Sen bu gaplarga bo'lma qul
Odamlar nima desa desin yashaylik
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin tashaylik
Qo'rqishni o'ylashni yashashni boshlaylik
Odamlar nima desa desin yashaylik
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin tashaylik
Qo'rqishni o'ylashni yashashni boshlaylik