menu-iconlogo
huatong
huatong
가사
기록
Kuylarim yetgaymikan senga borib,

Tinglasa ketgaymikan toshlar erib,

Suhbatingdan bahra olsam o’ltirib,

Na bo’lar, na bo’lar

Kelsang quchog’img’a kirib, Gulbadan?

Oy tiniq oydinda oydin oq yuzing,

Sharqiroq soydan-da sho’xroqdir so’zing,

Ko’zlarimga to’tiyo bosgan izing,

Na bo’lar, na bo’lar

Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, ey, Gulbadan,

Gulbadan, ey, Gulbadan,

Na bo’lar, na bo’lar

Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, gul ham o’zing, noz ham o’zing,

Kuy-qo’shiq, ohang o’zing, so’z ham o’zing,

Tanda darmonim saningsiz yo’qday,

Na bo’lar, na bo’lar

Jondek kirib kelsang o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, ey, Gulbadan,

Gulbadan, ey, Gulbadan,

Na bo’lar, na bo’lar

Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Sherali Jo'rayev의 다른 작품

모두 보기logo