menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Bemano hayot

UzmiRhuatong
👑K_1_N_G👑huatong
가사
기록
Kaming bormi deb so'ra, hammasini aytaman

Zo'ring bormi deb so'ra, zorim bilan qaytaman

Manku birga berilmadim, o'zimda bor hislatim

Etibor berma manga, balki shudir qismatim.

Bazida do'stlar bilan, kam ko'rishib turardim.

Yoshligim qaytib qolganda, bir bolani urardim

Bolalikda bo‘lardi, Shoxruh ismli do‘stim

Birga orzu qilardik, lekin yolg‘iz o‘stim

Esimda oldinlari, yangi yilni kutardik

Mahalaga mahala futboldayam yutardik.

Hammasidan vaqt bugun, ayrib qo‘ymoqdami?

Do‘stlarim qariyapmiz, ko‘nglimiz to‘lmoqdami?.

Ko‘chalarda yurardik, qizlarga gaplar otib

Bugun ustidan qotib, ertaga birga yotib.

Qanchalar ko‘p xoxlasak, to‘ymayapti nafsimiz

Kimgadir bo‘lib aql, lekin asli aksimiz.

Bevafo dunyo, bemano hayot hali vaqtim bor quraman hayot

Keladi hammasi bir dunyo bo‘lib, umir o‘tmoqda qolmaylik so‘nib.

Bemano hayot biz buni bildik, necha qalblarini barini tildik.

Ko‘chada zo‘rlari, mehr topmagan.

Biz o‘sha bolalikda, yopinchig‘in yopmagan

Barcha yozgan qo‘shiqlarim, alamlardan iborat

Yoshim o‘ttizga chiqib qurib qolarman imorat

Hatto do‘stim kelmadi, eng og‘ir kunlarimda

Menga dalda bo‘ldi onam, shu bedor tunlarimda.

Qaysi yo‘ldan ketayapmiz, yoshimizga yosh qo‘shib

Nima qildik shu yoshgacha, faqat aqlimiz o‘sib

Harakatni to‘xtatamiz, davomiga chidolmay

G‘aflatlarga botib ketdik, yomon yo‘ldan chiqolmay.

Onam har kun aytardi, uyda uxlab yotmagin

Bemano narsalarga, butunlayin botmagin

Kelajagingni o‘yla, bir joyingda qotmagin

Do‘stlaringa sodiq bo‘l, hech ulardi otmagin.

Sevganim ham bor edi, endi menga begona

Sandan keyin boshqasi, u ham bita devona

Manga vada berardi, qasamlar bilan yana.

Qarshingizda siz tanigan, o‘sha UZMIR man yana.

Bevafo dunyo, bemano hayot hali vaqtim bor quraman hayot

Keladi barchasi bir dunyo bo‘lib

Umir o‘tmoqda qolmaylik so‘nib

Bemano hayot biz buni bildik

Necha qalblarini barini tildik

Ko‘chada zo‘rlari mehr topmagan biz o‘sha bolalikdan yopinchig‘in yopmagan.

Qo‘shiqlarim yozilardi, tunda lekin har kuni.

Harakatdan to‘xtayapmiz, nega bilmadim shuni

Oldinlari hayot bizga, zerikarli emasdi.

Onamizdi aldashimiz, hayolga ham kemasdi

Nega endi xaromdan, topayapmiz boyliklar

Halolidan qismasin, yetyaptiku oyliklar.

Onajoning sen bilan, faxirlanib yurardi

Chin do‘stlaring bo‘lmasa, yoningda onang turardi.

Ovozimda joylashgan, onamning nolalari

Otam tashlab keti, bor ekan boshqa bolalari

Yuragimda tugilgan alamlardan kecharman

Vaqti kelib balki manam, sanatimdan kecharman

Kechiringlar do‘stlarim, yoningizda bo‘lmasam

Bir kunizga yarayman, bu hayotda o‘lmasam.

Kechiringlar muhlislar ko‘nglingizga tegmasin, bu hayotda erkak zoti

Hotinga bosh egmasin.

Bemano hayot, ko‘zlarim ochilar

Bemano hayot, atrofimda ovchilar

Bemano hayot, qani sani baxting

Bemano hayot, o‘zi bormi naqting.

Bemano hayot, atrofimda soxtalar

Bemano hayot, mandan nima oxtarar.

Bemano hayot, tugadi yoshligimiz.

Bemano hayot, bemano hayot.

UzmiR의 다른 작품

모두 보기logo