Ayriliq oni yaqindur,
Kema yo'l bongin chalur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
Jon borib, jonon birla,
Sohilda bir jismim qolur.
Mavjlig' daryo kabi,
Oshufta qalbim qo'zg'alur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
Men necha aytdim ko'ngil,
Jondan kechib yor sevma deb.
So'ng yiroqqa ketsa tashlab,
Urma oh-voh dema deb.
Ketdi yor bas endi-kim
Aytdi yoshingni tiyma deb.
Yig'lama ey ko'z nadin
Sohilg'a chiqmas kema deb.
Kim yoshing daryosidur,
Har sori kim el ko'z solur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
Ey falak bas yig'lama,
Yo'q foyda ul oy kemada.
O'rtada daryo-yu men,
U joyda ul oy kemada.
Kelmas endi oyda-ne,
Ming oyda ul oy kemada.
Sabr ko'ngilda, ko'ngil ul oyda
Ul oy kemada.
Vah-ki borib termulib,
Ko'z mungrayib jonim qolur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
Ey shamol jim tur samo jim
Mavjudot bir lahza jim
Tingla olam,tingla odam
San agar bo'lsang-da kim
Buldur ustoz pandi: siymin
Tandin o'zga surma siym,
Kirma savdo bahriga
Olamdan istab sudkim
Siym naqdi tushsa ,lekin
Umr naqdi siyg'olur
Sun qadah, bergil manga
Jonim haqin,ey piri dayr
Kim qadahlar zarbidan
Chiqsin chaqin ey piri dayr
Bormu Erkinga ul ustozdan
Yaqin ey piri dayr
G'arq etar bahri fano
G'am zavraqin ey piri dayr
Ilgiga chunkim Navoiy
Boda kishtisin olur
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.
(By JAHONGIR)