menu-iconlogo
huatong
huatong
ulugbek-rahmatullaevrayhon-oqilmagan-kitob-cover-image

O'qilmagan kitob

Ulugbek Rahmatullaev/Rayhonhuatong
richardolds21huatong
Lirik
Rakaman
Bag'ishladim hayotimni

Izhor aylab his-tuyg'ularimni

Yengolmadim sog'inchimni

Yig'a olmadim men xayolimni

Unga borimni bergandim

Evaziga nimalar olgandim

Ketganda bilmagandim

Aybimni negadir topmagandim

Sevgilimdan men

Azoblar ko'rdim

Nega yolg'izman

Nega nega

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Sevging abadiy qolib yashaydi

O'z hislaringni yashira olsang

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin

Mashaqqat bilan senga erishsin

U izladi baxt o'zgadan

Axir sevgim baxshida etganman

Nelar kerak yana unga

Kunlarim aylanib borar tunga

Boru yo'gim hadya etdim

Netay uni shunchalik men sevdim

Voz kechganda yosh to'kkandim

Sevgim uzra afsuslar chekkandim

Sevgilimdan men

Azoblar ko'rdim

Nega yolg'izman

Nega nega

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Sevging abadiy qolib yashaydi

O'z hislaringni yashira olsang

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin

Mashaqqat bilan

Endi anglaganday bo'ldim

Xatoim asli nimada

Xatoing sevgingni

Unga oshkor etganda

Nahot sevgim so'nadi

Yolg'on girdobida qolganda

So'nadi agar ozor bersa

Ishonganing

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Sevging abadiy qolib yashaydi

O'z hislaringni yashira olsang

O'qilmagan kitobdek sen bo'lgin

Aytilmagan qo'shiqdek

Ko'ngil qulfini qiynalib ochsin

Mashaqqat bilan senga erishsin

Izhor aylab his-tuyg'ularimni

Yig'a olmadim men xayolimni

Lebih Daripada Ulugbek Rahmatullaev/Rayhon

Lihat semualogo