U menga boqardi tovlanib 
Men esa yotardim o'ylanib 
To'yinga bormadim zorlanib 
Lekin ketdi qoldim xo'rlanib 
Jonim sening to'ying kechasi 
Sherdayin uvoz solarman 
Seni sevib qolgan nechasi 
Aybim bilib tunda qolarman 
Azizim yig'lamay dil 
Meni deb yuradi ko'cha daydib 
Tashlab ketyapman meni u tushunmaydi 
Nomim bevafo Layli 
Gunohkorman seni oldingda 
Kechir meni donam 
Majbur qildi axir meni ota onam 
Onam 
Unutib Unutib 
Qolding begona bilan 
Uzilib uzilib 
Yurak charchadi biram 
To'kilib to'kilib 
Yondim xazonlar bilan 
Sotilib sotilib 
Narxing qolmadi dilam 
Yuragim poralab 
Yurding ko'cham oralab 
Azobing saralab 
Qolding derazam mo'ralab 
Shoshilib shoshilib 
Ketdim xatolar tomon 
Meni sevganing yomon 
Hamon 
Ko'zimda yosh ustim yaltiroq 
Nahot endi o'rtada firoq 
Umidimni uzib ketaymi ? 
Ahdlarimni buzib ketaymi m 
Oppoq libos kiydim sengamas 
Otam aytdi: "bizni tengimas" 
Ey oxirgi bor so'ngi iltimos 
To'yimga kel ko'ray shu xolos 
Mahallang tomon qadam bosarman 
Kuyov bolani ko'rsam osarman 
Yuragimga go'r qazib ko'milgan Gulim 
Yetmadi pulim, meni qarshilar o'lim 
Sovchilarimga rad javob berib 
Yoqib ketdi balki ko'ksini kerib 
Mahallamizdan bugun badarg'a bo'lib ket 
Marddek baxt tilab qo'ydim baxtinga yet 
Unutib Unutib 
Qolding begona bilan 
Uzilib uzilib 
Yurak charchadi biram 
To'kilib to'kilib 
Yondim xazonlar bilan 
Sotilib sotilib 
Narxing qolmadi dilam 
Yuragim poralab 
Yurding ko'cham oralab 
Azobing saralab 
Qolding derazam mo'ralab 
Shoshilib shoshilib 
Ketdim xatolar tomon 
Meni sevganing yomon 
Hamon