Yuragimda yashin urgan joylar qoldi
Ortimizdan suvlar sochib soylar qoldi
Ayro ketdik kuyip yulduz oylar qoldi
Ko'zim tushdi ko'zingizga ehtiyorsiz
Ayrilikda siz bunchalar baxtiyorsiz
Yuragimda yashin urgan joylar qoldi
Ortimizdan suvlar sochib soylar qoldi
Ayro ketdik kuyip yulduz oylar qoldi
Qiz ko'rmadim bu dunyoda sizday orsiz
Ayrilikda siz bunchalar baxtiyorsiz
Ming yil sevdim, sevganimga pushaymonman
Ishq yurtida toju taxtsiz Sulaymonman
Dardlarimni kimga aytip yig'layman men
Ko'zim tushdi ko'zingizga ehtiyorsiz
Dardlarimni kimga aytip yig'layman men
Ayrilikda siz bunchalar baxtiyorsiz
Bivafo dep biling bizni ezmay ketay
Baxtli bo'ling baxtsizligim sezmay ketay
Sizdan bezip muhabbatdan bezmay ketay
Qiz ko'rmadim shu dunyoda sizday orsiz
Ayrilikda siz bunchalar baxtiyorsiz
Ko'zim tushdi ko'zingizga ehtiyorsiz
Ayrilikda siz bunchalar baxtiyorsiz