O‘t to‘la nigohim boqqanlarimni,
O‘zimga aytolmas yoqqanlarimni,
Yodidan chiqarmas suratlarimni,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar,
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Dadsi uzatti oshnalariga,
Kulishdi men kabi tashnalariga,
She'rlar yozor edim poshnalariga,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Tunda borar edim gohida daydib,
Yozgan xatlarimni bermaydi qaytib,
O‘g‘lini chaqirar ismimni aytib,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Qalaysiz, qalaysiz endi qalaysiz
Men sevsam meni sevmagan qizlar
Qalaysiz, qalaysiz endi qalaysiz
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
--------------------------------------
Honishlar o‘tli nolangizdanam,
Uzr so‘rolmadim onanggizdanam,
Hovlimiz kichkina honanggizdanam,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Bilaklari oppoq yengi topilmas,
O‘zlaricha osmon tengi topilmas,
Bugun qo‘shiq aytsam og‘zi yopilmas,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Ko‘ksimda yuragim urib turubdi,
Ishlarim yurishmay yurib turibdi,
Butun dunyo qo'shig'im aytib yuribdi,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar
Qalaysiz, qalaysiz endi qalaysiz
Men sevsam meni sevmagan qizlar
Qalaysiz, qalaysiz endi qalaysiz
Sovchilay yuborsam tegmagan qizlar