menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Iltijo

konstahuatong
62102506877huatong
Тексты
Записи
Yarim kecha uch, yana chiroqlar o'chiq,

Qancha bo'ldi ko'chaga chiqmadim eshikni ochib.

Ichimdan bo'lib jim, jin ursin achindim.

Ha chindan garchi man, achchiqlaridan ichdim ho-o-o!

Yorsizman holsiz tan, ojizman hozir ham.

Keksa bo'lib qaradim-u huddi yoshim o’ttizda.

Yolg'izman olisda bolsiz tam og'izda.

To'yib kettim bo'ldi nuqta, bir qultum uksus va-a-a!

So'zga zor bo'ldim, mushtim devorga urdim.

Tirik murda bo'ldim nega? Bilmadim qachon o'ldim.

Ajoyib bir tush ko'rdim, uyg'onib homush bo'ldim.

Jomadonim ichi to'la, qoldim boshi berk yo'lda.

Bo'larim bo'ldi qoyil, bu bari bo'gan doim.

O'tadi tun bedor, madad berar Xudoyim.

Qo'rqadi yakka yurak, yurakka baxt kerak.

Ertakdagi yakka qalb, guli yo'q-u bitta barg.

Meni olib ket osmon yulduzlaringga boylab izlarimni.

Yonimda qol shamol, yumma ko'zlarimni, to'sma yo'llarimni.

Meni olib ket daryo, cho'ksam dengiz qariga bo'lganimda ravon.

Yordam ber Olloh! Bandangman madadingni tilab Iltijo...

Haqiqatni ko'p ko'rdim, uyg'onmagunimcha

Men ham bir paytlar kiyganman, oq ko'ylag-u nimcha.

Jigardan chaqadigani, bu sariq chaqa digani.

Jonimga tekkanidan so'kdim, kollej dekanin.

Chidolmadi asab, yozdim asar to'plab.

Baqirmasdim bor ovozda, yozdim asar ko'plab.

Bilaman yolg'iz emasman, pasdaman bittamasman.

Bu so'zlar bir havasmas, bu osmonga xatlar rasman!

Bu o'zimga o'xshagan millionlar ovozi

Eshitib so'zlarimdan topasan darrov o'zing.

Qo'llaringni ko'tar, yaqinroq qilib samoga.

Qalb bilan bo'laylik, ke bo’sa bo'mas samoda.

Ko'chalardan to'plab, soldim kuyga.

O'zim qoldim kuygan, kulman el suygan.

Va hali bu kuylarim yashar ekan.

Demak hayotman yana sinovlar tashar egam.

Meni olib ket osmon yulduzlaringga boylab izlarimni.

Yonimda qol shamol, yumma ko'zlarimni, to'sma yo'llarimni.

Meni olib ket daryo, cho'ksam dengiz qariga bo’lganimda ravon.

Yordam ber Olloh! Bandangman madadingni tilab iltijo...

Еще от konsta

Смотреть всеlogo
Iltijo от konsta - Тексты & Каверы