Ortingdan qarab turganim,
Sen kulsang, birga kulganim,
Ortingdan qarab turganim,
Sen kulsang, birga kulganim,
Xayolan birga yurganim,
Bilmading, jonim, bilmading,
Bilsang-da, parvo qilmading.
Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmay yurardim...
Ammo hech ayta olmasdim!
Chashmasiz gulzor ochilmas,
Sevgisiz ash’or bitilmas,
Chashmasiz gulzor ochilmas,
Sevgisiz ash’or bitilmas,
Ishq borki, dunyo buzilmas,
Angladima, jonim, angladim.
Sevgidan olam farovon,
Sevgidan xonam charog‘on,
Sevgidan olam farovon,
Sevgidan xonam charog‘on,
Ishqimiz olamda doston
Bo‘larmish – jonim angladim
Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim...
Ammo hech ayta olmasdim!
Oshiqlar yonimga kelsin,
Poyida gullar ochilsin,
Ishqimiz oshkora bo‘lsin,
Aytayin, jonim, aytayin.
Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmay yurardim...
Ammo hech ayta olmasdim!