menu-iconlogo
huatong
huatong
shokir-millat-umidi-cover-image

Millat umidi

Shokirhuatong
burgiorodrghuatong
Тексты
Записи
Ey, dunyo! Boryapman — meni qarshi ol

Shu buyuk millatning umidiman men

Hali yetti iqlim qolar hayron, lol

Shu buyuk millatning umidiman men

Jahon beshigini tebratib qo'ygan

Ilm-u irfon nurin taratib qo'ygan

Olamni o'ziga qaratib qo'ygan

Shu buyuk millatning umidiman men

Tomirida oqar daholar qoni

Kim bilmas Xorazmiy, Ibn Sinoni?

Tog'lardan balandir shavkat-u shoni

Shu buyuk millatning umidiman men

Nomin eshitganda tik turib dunyo

Beruniy bobomga aytar tasanno

Ko'ksimda iftixor, boshimda Humo

Shu buyuk millatning umidiman men

Zamaxshariylari zehin ko'rsatgan

Arablarga arab tilin o'rgatgan

Ilm cho'qqisiga bayroq o'rnatgan

Shu buyuk millatning umidiman men

Ey, dunyo! Boryapman — meni qarshi ol

Shu buyuk millatning umidiman men

Hali yetti iqlim qolar hayron, lol

Shu buyuk millatning umidiman men

Ovro'po eslasa, titraydi hamon

Temur qilichidan qoldik deb omon

Yigirma yetti taxt sohibi, xoqon

Shu buyuk millatning umidiman men

Amerika uchar fazoga sho'ng'ib

Shoh Ulug'bek yozgan kitobin o'qib

Bas, yetar, turmayman bir chetda qo'rqib

Shu buyuk millatning umidiman men (Ey)

Jadid bobolarim, oydin zotlarim

Ochilmay yulingan iste'dodlarim

Bo'g'zimni kuydirar oh-u dodlarim

Shu buyuk millatning umidiman men

O'tgan kunlar endi tarixdir beshak

Bu vatanga yangi daholar kerak

Meni chorlamoqda nurli kelajak

Shu buyuk millatning umidiman men

Menga yordir omad, men bilan iqbol

Hali yetti iqlim qolar-u hayron, lol

Ey, dunyo! Boryapman — meni qarshi ol

Shu buyuk millatning umidiman men

Ey, dunyo! Boryapman — meni qarshi ol

Shu buyuk millatning umidiman men

Hali yetti iqlim qolar hayron, lol

Shu buyuk millatning umidiman men

Ey, dunyo! Boryapman — meni qarshi ol

Shu buyuk millatning umidiman men

Hali yetti iqlim qolar hayron, lol

Shu buyuk millatning umidiman men

Еще от Shokir

Смотреть всеlogo