menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Yolg'on Ekanku

Alisher Fayzhuatong
petite_poethuatong
เนื้อเพลง
บันทึก
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku

O'sma qo'ygan deb edilar, yolg'on ekanku!

Qarashlaring yuragimga ishq o'ti soldi

Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku

Necha tunlar visolingni qo'msab yondim

Qalbni tirnar zo'r narsasi hijron ekanku

Sog'inganda chidolmasdan ko'z yoshim ravom

Visol fasli oshiq uchun davron ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku

Kel, boshlayin gulzorima, gullar teraylik

Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku

Sevganingla sayr aylasang vafo bog'ini

Muhabbatning barcha yo'li ravon ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku

Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku

Visol fasli oshiq uchun davron ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku

เพิ่มเติมจาก Alisher Fayz

ดูทั้งหมดlogo