Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o’n mingta bo’lsa,
Bilgil ki, alarning sardori menman.
Bilgil ki, alarning sardori menman.
Music
Qo’llarim istagi tutmoqlik qo’ldan,
Istagim totmoqlik labdagi boldan.
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo’ldan,
Bilgil ki, eng avval kelgani menman.
Music
Sevgiga sodiqlik shartini qo’ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o’n mingtadan yuzta qoldirsang,
Bilgil ki, yuztadan bittasi menman.
Music
Keksalik degan so’z joy olsa dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen
gar o’nta qo’ldan,
Bilgil ki, eng avval gul
tutgan menman, yosh yoray.
Music
Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o’girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon,
Qolgan shul oshig’ing
bilgil ki menman, yosh yor a.
Music
Ko’zlaring bemahal yoshlarga to’lsa,
Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo’lsa,
Marhum ul Rasul Hamzat bilgil ki menman.
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Oshiqlaring agar o’n mingta bo’lsa,
Bilgil ki, alarning sardori menman.
Bilgil ki, alarning sardori menman.