Ey sarbon,ey sarbon,ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.
Qolurmu men olis bo’lib,
Bechora-yu ma’yus bo’lib,
Qalbim firoq tig’i tilib
To ustixonim boradur.
Ey sarbon,ey sarbon,ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Sarkash nigorimdan judo,
Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro,
O’t birla qonim boradur.
Cheksamda zulmni dodini,
Ham va’dalar barbodini,
Ko’ksimda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon,ey sorbon,ohista yur,
Oromi jonim boradur.
To’xtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon,
To’xtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon,
Sarviravon ishqida jon
Ruxi-ravonim boradur.
Qayt, ko’zlarimga qo’y oyoq,
Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, ko’kka bu choq
Ohu fig’onim boradur.
Qilma fig’on, ey Sa’diyo,
Hech arzimas ul bevafo,
Qilma fig’on, ey Sa’diyo,
Hech arzimas ul bevafo,
Toqatni qo’ymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Toqatni qo’ymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Aqlu iymonim boradur.
Ey sarbon,ey sarbon ohista yur,
Oromi jonim boradur
Ey sarbon,ey sarbon ohista yur,
Oromi jonim boradur
.Ey sarbon,ey sarbon ohista yur,
Oromi jonim boradur