menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Siz Yig'lamang

Ulug'bek Rahmatullayevhuatong
rexiee6643huatong
เนื้อเพลง
บันทึก
Dunyo juda go'zal edi yuz burmadim

Netay bitta savobga ham ulgurmadim

Do'stlar bilan kulib davron surolmadim

Onajonim bag'ringizdan olis ketdim

Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim

Dunyo juda go'zal edi yuz burmadim

Netay bitta savobga ham ulgurmadim

Do'stlar bilan kulib davron surolmadim

Onajonim bag'ringizdan olis ketdim

Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim

Mehr nedur muhabbat ne anglar edim

Orom olsam onam bag'rin tanlar edim

Tonga qadar allalarin tinglar edim

Beshigimda yotib rizqim olib ketdim

Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim

Dunyolarga kim to'yibdi men to'ymasam

Koshki kulib ikki bora qadam qo'ysam

Shirin shirin diydorlarga quloch yoysam

Ota onam ko'z yoshida oqib ketdim

Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim

Taqdir kimni o'ynatadi kuldiradi

Yana kimni ko'z yoshiga to'ldiradi

Yashnab turgan g'uncha nigoh so'ldiradi

Oppoq qordek sochingizga yog'ib ketdim

Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim

Ko'p maslahat bergay hayot quloq tuting

Yorug' kunlar nur sochadi tongni kuting

Kulib yashang g'amlar ketsin va unuting

Peshonada taqdirimdan nolib netay

Onajonim jannatlarga borib yetdim

เพิ่มเติมจาก Ulug'bek Rahmatullayev

ดูทั้งหมดlogo