So'zlamoq ersang gapingni
Burkama pardoz bilan
Kelsa kim qoshingga boqqin
E'tibor e'zoz bilan
Jismu joning birla tingla
Do'st yorlar suhbatin
Jismu joning birla tingla
Do'st yorlar suhbatin
Inson insondur hamisha
Hamfikr hamroz bilan
Inson insondur hamisha
Hamfikr hamroz bilan
***
Toma toma ko'l bo'larmish
Elaro bordur naql
Bir butun olam yaralmish
Kam kamu oz oz bilan
O'z kamolingga o'zing sen
Posbonu soqchi bol
O'z kamolingga o'zing sen
Posbonu soqchi bol
Hokisoru xor etma
Ulfati nosoz bilan
Hokisoru xor etma
Ulfati nosoz bilan
***
Tolma oltin tog'i birlan
Qolsa odat istasang
Odamiylik deb atalmish
Bebaho meros bilan
Yo'q umr yo'li uzilmas
Zoyi kettirma uni
Qaydagi nokasu nomard
Qaydagi vosvos bilan
Toabad Ohunjoningni
Bog'la mahkam roz bilan
Toabad Ohunjoningni
Bog'la mahkam roz bilan
Bog'la mahkam roz bilan