Ey do'stim tinglagin bir so`z aytaman
Bu so'zlar bo'g'zimni tirnab chiqadi
Kim bilar qay holda qachon qaytaman
Men o'lsam bu qo'shiqni kim ham aytadi
Do'st bo'lib har doim o'ynadik quvnadik
Goh o'ksik dunyoda to'yib yig`ladik
Shoh bo'ldik goh gado hech ayrilmadik
Men o'lsam sen bilan kim do'st bo'ladi
Mana bu go`zallar buguncha sevadi
Hohlasa ertaga tashlab ham ketadi
Mana bu go`zallar buguncha sevadi
Hohlasa ertaga tashlab ham ketadi
Sensiz ham mensiz ham umri o`tadi
Men o`lsam men bilan sevgi o`ladi
Ey do'stim tinglagin bir so`z aytaman
Bu so'zlar bo'g'zimni tirnab chiqadi
Kim bilar qay holda qachon qaytaman
Men o'lsam bu qo'shiqni kim ham aytadi
Buguncha shirin so`z aytib turipti
bu boshqa bilan ham sevishib yuripti
Xozir ham ichida o`ylab turipti
Men o`lsam boshqani tanlab ketadi
Ey do'stim tinglagin bir so`z aytaman
Bor shunday do`stlaring aslida dushman
Chin do`stlar bag`rida o`z davringni sur
Men o`lsam qabrimga izlab kelib tur
Ey do'stim tinglagin bir so`z aytaman
Bor shunday do`stlaring aslida dushman
Chin do`stlar bag`rida o`z davringni sur
Men o`lsam qabrimga izlab kelib tur
Vaqting oz, juda oz do`stginam ulgur
Bu hayot sinovdan umr iborat
Olg`a yur, yiqilma do`stginam yugur
Ortingdan shaytonlar quvalab borar