By _Kamronbek_
Sizga tor qolmasa mabodo
Bir qadam tashlasak maylimi
Siz bosib olgan bu dunyoda
Biz ham bir yashasak maylimi
Men emas omadim kuldi-da
Sal kuldim kitobim jildida
Boldida birodar boldida
Biz ham bir yashasak maylimi
Choʻchqaning eʼtibor etida
Zax tomib turganlar betida
Xudoning hovlisini chetida
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qolimiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi
Shoqollar ne istar bo'ridan
Laychalar qo'rqar sher ko'ridan
Qutlib peshona shoridan
Biz ham bir yashasak maylimi
Do'st uchun tog‘ edim o'ylayman
Qadrin yo‘q joydagar qulayman
Men sizga omadlar tilayman
Biz ham bir yashasak maylimi
So'zlarim yoqmasa tinglamang
Qarg‘adek qag‘illab cho‘qimang
Haqimda g‘iybatlar to‘qimang
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qolimiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi
Siz davr surganda kuzatdik
Uzatsak mehrimiz uzatik
Ko'ngilni havasla bezatdik
Biz ham biri yashasak maylimi
G‘am yeysiz g‘amimiz yemas siz
Omading beripti demas siz
Yaxshiyam siz shayton emas siz
Biz ham biri yashasak maylimi
Sajdada so'rayman o'zidan
Ranjimang Anvarning so'zidan
Yosh to‘kmay dushmaning ko‘zidan
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qolimiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi