BETAKRORIM UCHUN
Sendaqasi yo’q bu olamda
Muhabbating har bir nolamda
Hatto rohat dardu alamda
Sevmasang ham sevgan bo’lardim
Eng chiroyli gulsan chamanda
Go’zallikning hammasi sanda
Exx bo’lsa edi iqtidor manda
Suratingni chizgan bo’lardim
Yana qayta kelsam dunyoga
Yana seni degan bo’lardim
Oramizda kechar savdoga
Yana borim tikkan bo’lardim
Yana qayta kelsam dunyoga
Yana seni degan bo’lardim
Oramizda kechar savdoga
Yana borim tikkan bo’lardim
--------------------------
Huzuringda aylasang mehmon
Etar edim ishqim nomoyon
Mazza qilib bir oromijon
Bog’laringda kezgan bo’lardim
Yoding bilan yashayman hamon
Ishon seni sevaman yomon
Konglimdagi umidsan chunon
Sen bo’lmasang nima qilardim
Yana qayta kelsam dunyoga
Yana seni degan bo’lardim
Oramizda kechar savdoga
Yana borim tikkan bo’lardim
Yana qayta kelsam dunyoga
Yana seni degan bo’lardim
Oramizda kechar savdoga
Yana borim tikkan bo’lardim
Yoding bilan yashayman hamon
Ishon seni sevaman yomon
Konglimdagi umidsan mudom
Sen bo’lmasang nima qilardim
Yana qayta kelsam dunyoga
Yana seni degan bo’lardim
Oramizda kechar savdoga
Yana borim tikkan bo’lardim
Heeeeeeeey
Sendaqasi yo’q bu olamda