menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Borliginga shukur.(Jahongirdan)

Xurshid Rasulovhuatong
🤴𝕁𝔸ℍ𝕆ℕ𝔾𝕀ℝ🤴huatong
Lời Bài Hát
Bản Ghi
Kuygan bu koʻnglinni zori boʻlsang ham.

Armonlar kuyining tori boʻlsang ham.

Sen asli birovning yori boʻlsang ham.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Sen asli birovning yori boʻlsang ham.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Nozik qoʻllaringdan tutmaydi qoʻlim.

Garchi sendan ayro qismatim yoʻlim.

Sen bilan bu olam bunchalar soʻlim.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Sen bilan bu olam bunchalar soʻlim.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Sogʻinsam qarashiga yetmas bardoshim.

Sen yerda yoqutim, koʻkda quyoshim.

Kipriklari xanjar ey qilich qoshim.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Senga tikon kirsa tilinar jonim.

Olov ichra yonar et usti xonim.

Xayolingsiz oʻtmas xatto bir onim.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Xayolingsiz oʻtmas xatto bir onim.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Borliginga shukur yorugʻ dunyoda.

Nhiều Hơn Từ Xurshid Rasulov

Xem tất cảlogo