menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

kimlar bilan (minus)

Xurshid Rasulovhuatong
Uzbeknavohuatong
Lời Bài Hát
Bản Ghi
Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?

Bulbul uygʻonguncha sen bedor eding kimlar bilan?

Lolaga may toʻldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Bogʻda rayhon bargi bilran oʻynashar erkin sabo.

Suvdagi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?

Oshigʻing gul bogʻladi jon rishtasiga sen uchun,

Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?

Oshigʻing gul bogʻladi jon rishtasiga sen uchun,

Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?

Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?

Bulbul uygʻonguncha sen bedor eding kimlar bilan?

Lolaga may toʻldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Lolaga may toʻldirib, gulshanda soqiy muntazir,

Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Garchi ushshoq ahliga yoʻqdur ajal, rashk oʻldirur,

Chustiyga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?

Uzbeknavo

Nhiều Hơn Từ Xurshid Rasulov

Xem tất cảlogo