Alisher Fayz & Malika Egamberdiyeva__Mard oila
By Bonuxon98
Tong saharda meni ishga kuzatasan
Libosimni qilich qilib tuzatasan
Shu sababdan alo yurar kayfiyatim
Tabassumingdan ortadi shijoatim
Shu sababdan alo yurar kayfiyatim
Tabassumingdan ortadi shijoatim
Jon dadasi siz ko'nglimning osmonisiz
Vatanimiz sarhadlarin posponisiz
Tinchlik borki ona yurtim buldi chaman
Mani yorim harbiy deya maqtanaman
Tinchlik borki ona yurtim buldi chaman
Mani yorim harbiy deya maqtanaman
Ko'z tegmasin shijoat u shaxdingizga
Sodiqdirsiz siz qasamyod ahdingizga
By Bonuxon98
Qoshi kamonim o'zimni chiroyligim
Peshonamga tangrim bergan boyligim
Vatan kabi yuragimning yagonasi
Baxtlimisan farzandlarimning onasi
Vatan kabi yuragimning yagonasi
Baxtlimisan farzandlarimning onasi
Farzandlari xonadoni tinch osuda
Bo'lsa yurtim ayollarin baxti shuda
Ot izini bosgan toylar kuchga to'lar
O'g'limiz ham bir kun sizdek harbiy bo'lar
Ot izini bosgan toylar kuchga to'lar
O'g'limiz ham bir kun sizdek harbiy bo'lar
Osmon qadar yuksak orzu hayoli ham
Mard bo'ladi harbiylarning ayoli ham
Osmon qadar yuksak orzu hayoli ham
Mard bo'ladi harbiylarning ayoli ham
Ko'z tegmasin shijoat u shaxdimizga
Ona Vatan gullayversin baxtimizga
Ko'z tegmasin shijoat u shaxdimizga
Ona Vatan gullayversin baxtimizga
By Bonuxon98