menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Odam bo

konstahuatong
ryan11782huatong
歌词
作品
Ba′zan qo'rqaman kimligim unutganda

Qo′rqaman uyg'onmaslikdan g'aflatda tun o′tkanda

Men ahmoq qo′rqmiman ba'zan vijdon uyg′onmasa

Qo'rqaman internetim yo′qolsa, telefon yonmasa

Yolg'izlikdan qo′rqaman счёт'im minusda bo'ganda

O′limdan, chunki yomon yo′lda men usta bo'gandim!

Qo′rqaman счёт bo'sayu, telefonni hech kim ko′tarmasa

Men trek chiqarmasamchi, sen eslab o'tarmisan?

Narxlar bilan oshadi, tashvishlarim

Betda kerakmas Mozart, qadrsiz musiqa, kashvishlarim

Qo′rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan

Xuddi sen qo'rqqaning kabi, trackni bepul olmaslikdan

Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni yo′qotishdan

Qo′rqaman, ma'naviy tarafdan oqsash yoki qotishdan

Ko′ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho′qqilar?

Qanday qilib ham oilamni, ham vijdonni to'q qilay?

Ko′rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil

Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir

Nassib qildi o'qish, ishlash, dam olish

Nassib etdimikin, odam bo′lish?

Bo′ldim uzoqda, bo'ldim musofir

O′zlashtirdim oson har bitta soha

Hohlagan kasbga diplom ham olish

Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo′lish!

Yolg'izman, lekin necha bor to′ldirdim-ku zallar

Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go′zallar

50,000 do′st Instagramda lekin yolg'izman, siqilganda

Va yaxshiyam yolg′izman, yiqilganda!

Qanday omon qolish mumkin, dil bilan tilni bir qilib?

Ko'rdim, Farishtalar Iblis bo′ldi, qanotlari qirqilib

Qanchalar qiyin, yaqinlarga doim yaqin bo'lish

Yo′qolmasdan, oilang bilan Xudo bergan haqqini bo'lish!

Qo'rqaman, men ishonchni oqladimmi rasman?

Axir, baksyor, diplomat, yurist, bankir emasman

Har doim urindim ayamni qilish uchun happy

Va baxtli bo′ldim, g′urur bilan deganlarida o'glim rapper

Bu safaram aytolmadim eng muhimin

Konsta rapper bu - bir odammas, bu ancha keng, bu hamma

Bu trekni oldin ham aytgandim, bugun ham aytaman

Bu mavzu hech qachon tugamas

Ko′rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil

Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir

Nasib qildi o′qish, ishlash, dam olish

Nasib etdimikin, odam bo'lish?

Bo′ldim uzoqda, bo'ldim musofir

O'zlashtirdim oson, har bitta soha

Hohlagan kasbga diplom ham olish

Hammasidan qiyin ekan, do′stim odam bo′lish!

更多konsta热歌

查看全部logo
Odam bo konsta - 歌词和翻唱