menu-iconlogo
huatong
huatong
avatar

Nizanova

Nizanovahuatong
🎵®°𝐌ιʂʂ_𝐌υɳιʂ°®🎵huatong
歌词
作品
Ko`nglim siniqlarin bosib o`tding,

Tovoning qonamadimi?

Yuragim gunohini yuraging so`ramadimi?

Meni ko`z yoshlarim yetaklab yurar endi.

Salomga yaragan tiling xayrga yaramadimi?

Salomga yaragan tiling xayrga yaramadimi?

Yaramadimi?

Qaniydi-qaniydi isming unutsam,

Xotiramdan seni sug`urib otsam.

Nahotki bizdan voz kechdi bu dunyo?

Ko`zingni ko`rgani maxsharni kutsam. (x2)

Ko`tar, yuragimdan dardingni ko`tar,

Yetar, xotiralar azobi yetar.

Yoqangdan tutganda sevgi jazosi, {x2}

Bir kun ruhim ichra qo`zg`alar maxshar. {x2}

Qaniydi-qaniydi isming unutsam,

Xotiramdan seni sug`urib otsam.

Nahotki bizdan voz kechdi bu dunyo?

Ko`zingni ko`rgani maxsharni kutsam.

Qaniydi yoningda bo`lsam bir umr,

Jismingni boshimda olib yurardim.

Keksalik chog`imda ajal kelganda,

Yuzimni yuzingga bosib o`lardim.

Qaniydi-qaniydi isming unutsam,

Xotiramdan seni sug`urib otsam.

Nahotki bizdan voz kechdi bu dunyo?

Ko`zingni ko`rgani maxsharni kutsam. (x2)

Nizanova___

更多Nizanova热歌

查看全部logo