Kecha oqshom falakda oy bozarib botganda
Zuhro yulduz multirab ira anda otganda
Ruhimda bir mayuslik sokinlik uygotganda
Men seni esga oldim,birinchi muhabbatim,
Eslab ayolga toldim,birinchi muhabbatim
O‘tdi yoshlik zavq bilan
gohi topolon bilan
Gohida ya shi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba’zan
qalb bilan imon bilan
Lekin seni yo‘qotdim,birinchi muhabbatim
Mangu g‘aflatda qotdim,
birinchi muhabbatim
Music
Dunyo degan shundayin
anglab bo‘lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida
tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval,
birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval,
birinchi muhabbatim.
Music
Yo‘lin yo‘qotsa odam
muhabbatga suyangay,
G‘ussaga botsa odam muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman,
birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman,
birinchi muhabbatim.
Eslab bag‘rim tig‘layman,
birinchi muhabbatim.
Music
Nido bergil qaydasan,
sharpangga quloq tutdim,
Music
Sirli tushlar ko‘ribman,
bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga
ushbu sherimni bitdim,
Tongda turib nomingga
ushbu qoshiqni aytdim,
Dildagi ohim mening,
birinchi muhabbatim,
Yolg‘iz Ollohim mening,
birinchi muhabbatim.